Rossiya MV Suriyada 7ta samolyot yo‘q qilingani haqidagi xabarni “yolg‘on” dedi

Mudofaa vazirligi bir qator nashrlar tomonidan tarqatilgan, xabarlarni inkor qilib, ikki nafar harbiy xizmatchi qurbon bo‘lganini xabar qildi.
Sputnik

TOShKENT, 4 yanv – Sputnik. Suriyada yangi yil oqshomi ikki nafar harbiy xizmatchi qurbon bo‘lgani haqida xabar qildi RIA Novosti, MV matbuot xizmatiga asosan.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, 31-dekabr tunda Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim harbiy bazasi diversion guruh tomonidan minomotlardan o‘qqa tutilgan. Hujum oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi qurbon bo‘lgan.

“Kommersant” nashrining Rossiya harbiy kuchlarining 7ta samolyoti deyarli yo‘q qilingani haqidagi xabari – “yolg‘on”, — deyilgan Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

MV xabariga ko‘ra, ayni damda, aviabaza himoyasi Suriya harbiy xizmatchilari hisobidan kuchaytirilgan. Hududda terrorchilarni aniqlash va yo‘q qilishgan qaratilgan maxsus operatsiya olib borilmoqda. Rossiya Harbiy-havo kuchlari o‘z zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalarni to‘liq bajarishga shay.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy xabarlarga ko‘ra, Suriyada harbiy operatsiya boshlangan 2015-yilning 30-sentabridan buyon ushbu kunga qadar 43 nafar Rossiya harbiy xizmatchilari qurbon bo‘lgan.