TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Britaniyaning British Backpacker Society turistik jamiyati 2018-yilgi turizm uchun eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ro‘yxatga 20ta mamlakat kiritilgan bo‘lib, ular orasida O‘zbekiston 19-o‘rindan joy oldi.
Ro‘yxatning dastlabki uchligida Pokiston, Rossiya va Hindiston joylashgan.
Markaziy Osiyodan O‘zbekistondan tashqari Qirg‘iziston (5-o‘rin) va Tojikiston (7-o‘rin) ham ro‘yxatga kiritilgan.
British Backpacker Society jamiyati turistlar uchun unchalik tanish bo‘lmagan mamlakatlarni o‘rganuvchi hamda mustaqil turistlarga ushbu mamlakatlarga sayohat qilishni tavsiya etuvchi jamiyat hisoblanadi.