O‘zbekistonda eng kriminogen hudud qaysi?

O‘zbekistonda chet elliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar miqdori qancha, mamlakatdagi eng kriminogen hudud qaysi?
Sputnik

TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. O‘zbekiston IIV Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sh.Norgitov mamlakatda qaysi jinoyat turlari ko‘proq sodir etiladi va eng kriminogen hudud haqidagi savolga javob berdi.

Jinoyatlar reytingida o‘g‘irlik yetakchi

2017 yilning eng shov shuvli hodisa va jinoyatlari
"Bugungi kunda mamlakatimizda jinoyatchilikning barcha turlari bo‘yicha ijobiy dinamika (o‘zgarish) kuzatilmoqda. Misol uchun, joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘g‘irliklar soni 4,3 % ga, firibgarlik holatlari esa 1,2 % ga kamaydi. Ushbu jinoyatlar ma’lumotlarining umumiy ko‘rsatkichi kamaygan bo‘lsada, ularning miqdori sodir etilgan jinoyatlarning umumiy soniga nisbatan hali ham yetarlicha katta bo‘lib qolmoqda, ya’ni 2017-yilning o‘tgan 11 oylik davri mobaynida sodir etilgan jinoyatlarning umumiy soniga nisbatan o‘g‘irlik miqdori 17,5 %, firibgarlik esa 13,1 % ni tashkil etadi", — dedi Norgitov.

O‘zbekistonda jinoyatlar chet el fuqarolari tomonidan ham sodir etiladimi?

Polkovnik Sh.I.Norgitovga ko‘ra, 2017-yilning 11 oyi davomida chet el fuqarolari tomonidan sodir etilgan 240 ta jinoyat qayd etilgan.

Jinoyatlar statistikasiga ko‘ra O‘zbekistondagi eng kriminogen hudud qaysi?

Norgitov O‘zbekiston hududlarini mezonlar bo‘yicha eng kriminogen yoki eng tinch deb atash xolisona baholash bo‘lmasligini ma’lum qildi.

"Chunki IIVning vakolatli bo‘linmalari tomonidan olib borilgan tahliliy tadqiqotlarga ko‘ra, kriminogen yoki osoyishta hudud 100 ming aholiga sodir etilgan jinoyatlar miqdori hisobidan belgilanadi", — deya izoh berdi polkovnik.