Arnold Gan yaratgan mozaika pannosining joylashuvini tanlash imkoniyati yaratildi

© Fond razvitiya kulturi i iskusstva Arnold Gan yaratgan mozaika pannosi demontaj qilindi.
Arnold Gan yaratgan mozaika pannosi demontaj qilindi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2023
Obuna bo‘lish
NovostiTelegram
Mutaxassislar Arnold Gan yaratgan mozaika pannosini ko‘chirish va saqlash uchun maqbul bo‘lgan joy yechimi ustida ishlamoqda.
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Toshkent aholisiga Arnold Gan yaratgan mozaika pannosining kelajakdagi joylashuvini tanlash imkoniyati beriladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.
Jamg‘arma hamda Madaniy meros agentligi mutaxassislari tomonidan Arnold Gan yaratgan mozaika pannosi demontaj qilindi. Hozirda mozaikani ko‘chirish va saqlash uchun maqbul bo‘lgan joy yechimi ustida ishlamoqda.
“Shahrimiz aholisi pannoning kelajakdagi joylashuvini o‘zlari tanlashlari mumkin”, - deyiladi xabarda.
Ochiq tanlov rejasi:
Aholi pannoning kelajakdagi joylashuvini aniqlash bo‘yicha takliflar qabul qilinadi. Taklifni jamg‘armaning telegram raqamiga +998 91 001 08 86 yuborish mumkin;
Mutaxassislar pannoni joylashtirishning eng maqbul variantlarini jamg‘armaning https://t.me/acdfuz rasmiy telegram kanalida ovozga qo‘yadilar.
Ochiq tanlovda quyidagi shakldagi takliflar qabul qilinadi:
Toshkent shahri, ko‘cha nomi, uy raqami. Mo‘ljal: Joylashuv fotosurati. Misol: Toshkent, Taras Shevchenko, 1. Oriyentir: Real bilim yurtining sobiq binosi. Fotosurat.
Qo‘shimcha afzallik: mozaikaning joylashuvi bo‘yicha dizayn loyihasi taklifi.
Mozaikaning restavratsiya ishlari yakunlangach, u aholi eng ko‘p ovoz bergan manzilga joylashtiriladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Arnold Gan 1928-yilda tug‘ilgan. Gan monumental obyektlarni yaratish ustida ko‘p ishlagan. Pannolar, rasmlar, mozaikalar va releflar uchun eskizlar yaratgan. Toshkentning birinchi bosh rassomi bo‘lgan. "Kosmonavtlar" metro bekatidagi medalonlar, Alisher Navoiy san’at saroyining foyesidagi rasm, Turkiston konsert zalining foyesidagi “Semurg‘ qush” tasviri muallifi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0