Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyada ovoz berishi uchun barcha yordamni ko‘rsatamiz — Pamfilova

© SIK RossiiElla Pamfilova vstretilas s Poslom Respubliki Uzbekistan
Ella Pamfilova vstretilas s Poslom Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya MSK o‘zbekistonliklarning Rossiyada ovoz berishini tashkil etishda barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. Muddatidan ilgari prezident saylovida o‘zbekistonliklar Rossiyada ovoz berishlari uchun barcha zarur yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda Rossiya Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Ella Pamfilova O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Prezident saylovi uchastkalari qaysi davlatlarda tuziladi?
© SIK RossiiElla Pamfilova vstretilas s Poslom Respubliki Uzbekistan
Ella Pamfilova vstretilas s Poslom Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2023
Uchrashuvda 9-iyulga belgilangan muddatidan ilgari prezidentlik saylovlarida O‘zbekiston fuqarolarining ovoz berishini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Pamfilova Rossiya tomoni o‘zbekistonliklarning Rossiyada ovoz berishini tashkil etishda barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanligini aytdi.

“Bundan tashqari, agar ikki tomonlama hamkorlik orqali taklif kelib tushsa, biz Rossiya MSK vakillarini O‘zbekistondagi navbatdan tashqari prezident saylovini xalqaro kuzatuvida ishtirok etish uchun yuborishga tayyormiz”, — deydi u.

Avvalroq Rossiya Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashuv chog‘ida Rossiya O‘zbekistonda o‘tadigan prezident sayloviga kuzatuvchilar yuborishga tayyor ekanini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Prezident saylovi bo‘yicha xorijda 56 ta saylov uchastkasi tuziladi.
Yangiliklar lentasi
0