Turkiya MSK rahbari Erdog‘anning g‘alabasini ma’lum qildi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishII tur prezidentskix viborov v Tursii.
II tur prezidentskix viborov v Tursii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2023
Obuna bo‘lish
Bulletenlarning 99,43 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, Erdog‘an 52,14 foiz, uning raqibi Kemal Qilichdoro‘g‘li 47,86 foiz ovoz olgan.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Rajab Toyib Erdog‘an Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida 52 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda Turkiya Oliy saylov komissiyasi rahbari Ahmet Yener ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bulletenlarning 99,43 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, Erdog‘an 52,14 foiz, uning raqibi Kemal Qilichdoro‘g‘li 47,86 foiz ovoz olgan.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Rajab Toyib Erdog‘an Turkiyaning yangi prezidenti etib saylandi”, — dedi Yener.
Unga ko‘ra, Erdog‘anning Qilichdoro‘g‘lidan ustunligi 2 million ovozdan oshadi. Saylovning yakuniy natijalari 1-iyun kuni e’lon qilinadi.
Erdog‘an prezidentlik saylovining birinchi bosqichida 49,52 foiz, uning muxolifatdagi raqibi Qilichdoro‘g‘li 44,88 foiz ovoz olgandi.
Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlandi, ovoz berish 17:00 gacha davom etdi.
Saylov uchastkalari yopilgach, ovozlarni sanash darhol boshlandi.
Xorijda yashayotgan Turkiya fuqarolari uchun ovoz berish 24-may kuni yakunlandi. 73 mamlakatda jami 3,5 million saylovchi ovoz berdi.
Yangiliklar lentasi
0