Turkiyada bulletenlarning 99,9 foizi hisoblab chiqildi. Kim yetakchilik qilmoqda?

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMujchina vo vremya dosrochnogo golosovaniya na vseobshix viborax na izbiratelnom uchastke v posolstve Tursii v Moskve, arxivnoe foto
Mujchina vo vremya dosrochnogo golosovaniya na vseobshix viborax na izbiratelnom uchastke v posolstve Tursii v Moskve, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2023
Obuna bo‘lish
Rajab Toyib Erdog‘an bulletenlarning 99,9 foizi hisoblab chiqilgach, 49,34 foiz ovoz oldi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Turkiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida amaldagi davlat rahbari Rajab Toyib Erdog‘an bulletenlarning 99,9 foizi hisoblab chiqilgach, 49,34 foiz ovoz oldi. Bu haqda TRT Haber ma’lum qildi.
Uning raqibi Kemal Qilichdoro‘g‘li uchun berilgan ovozlar soni 45 foizga yetdi.
Agar nomzodlardan hech biri 50 foiz ovoz ololmasa, ovoz berishning ikkinchi bosqichi 28-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Prezidentlikka uchta da’vogar bor: amaldagi prezident 69 yoshli Rajab Toyib Erdog‘an (“Adolat va taraqqiyot partiyasi”), oltita muxolifat partiyasidan yagona nomzod 74 yoshli Kemal Qilichdoro‘g‘li (“Respublika xalq partiyasi”) va “Ata” alyansidan 55 yoshli Sinan O‘g‘an. To‘rtinchi nomzod, “Memleket” partiyasi yetakchisi Muharrem Inje saylovga uch kun qolganda nomzodlikdan voz kechganini ma’lum qildi.
Saylovning yakuniy natijalari 19-may kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0