O‘zbekistonda qurilish sohasida yangi 22 ta loyiha ishga tushadi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishRabochiy na stroitelnoy ploshadke
Rabochiy na stroitelnoy ploshadke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2023
Obuna bo‘lish
Hozircha 30 ta loyihadan 13 ta innovatsion loyihalarga ilmiy-texnik kengashning qarori bilan 16,963 mlrd. so‘m ajratilgan.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekistonda qurilish sohasida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi 22 ta loyiha ishga tushadi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.

“2023-2024 yillarda Toshkent shahrida yiliga 1000 kv metr HPL (yuqori bosim ostida presslangan) panellar, Farg‘ona viloyatida energiya tejamkor texnologiyalar asosida 2500 kv metr keramogranit plitalar ishlab chiqarish, Jizzax viloyatida 60 ming tonna yangi turdagi bazaltdan kompozit trubalar, 150 ming tonna polipropilen/polietilentereftalat tolasi, geotekstil kabi yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish quvvatlari hamda yangi ish o‘rinlari yaratiladi”, - dedi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov.

Shuningdek, sement klinkeri ishlab chiqarishda vodorod yoqilg‘isiga o‘tish texnologiyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarishda suv-ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tish texnologiyasi kabi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
“Hozirda nanotexnologiyalar asosida zamonaviy innovatsion qurilish materiallari texnologiyalarini yaratish bo‘yicha yetarli darajada ishlar olib borilmayotganligi muammosi mavjud. Biroq bu muammolarni bartaraf etishda xorij tajribasi o‘rganilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Ayniqsa, qurilish sohasida nanotexnologiyalardan foydalanishda Rossiya bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan”, - dedi mutaxassis.
Jumladan, rossiyalik olimlar tomonidan nanoko‘pikli beton, nanokeramik qoplamalar hamda Litracon injenerlik kompaniyasi tomonidan nur o‘tkazuvchi nanobeton kabi qurilish materiallari yaratilgan.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshidagi qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashiga jami 60 dan ortiq innovatsion loyihalar kelib tushgan.
30 ta loyiha qoniqarli deya baholangan. Hozircha 30 ta loyihadan 13 ta innovatsion loyihalarga ilmiy-texnik kengashning qarori bilan 16,963 mlrd. so‘m ajratilgan.
Yangiliklar lentasi
0