O‘zbekistondagi yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi — tafsilotlar

© Sputnik / Varvara Gertye / Mediabankka o‘tishRabota stomatologii v Ivanove
Rabota stomatologii v Ivanove - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2023
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi.
TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekistonning barcha hududlarida18-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar profilaktik tibbiy ko‘rik, skrining tekshiruvlari hamda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkaziladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
May oyi davomida mamlakatda “Yoshlar salomatligi oyligi” o‘tkaziladi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra aniqlangan kasalliklar bo‘yicha bemorlarni davlat ko‘magida davolash, sog‘liqlarini mustahkamlash choralari ko‘rilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar tashkil etiladi.
Buning uchun dastlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladigan yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi. Shu asosda ular yoshi, jinsi va salomatlik holatidan kelib chiqib, tegishli guruhlarga ajratiladi.
Shundan so‘ng ular maxsus tibbiy brigadalar tomonidan profilaktik va chuqurlashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkaziladi.
“Ko‘riklar natijasida hayotida birinchi marta surunkali kasallik aniqlanganlar dispanser nazoratiga olinib, individual sog‘lomlashtirish rejasi tuziladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, o‘tkir va surunkali kasallik aniqlanganlar birlamchi bo‘g‘indagi kunduzgi shifoxonalarda ambulator sharoitda, statsionar yordamga muhtoj bo‘lganlar esa tuman va shahar markaziy shifoxonalari, viloyat klinikalari hamda tibbiyot markazlarida sog‘lomlashtiriladi.
Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga ehtiyoji bor bemorlarga viloyat va respublika muassasalariga imtiyozli yo‘llanmalar taqdim etiladi.
Qolaversa, oylik doirasida olis va chekka hamda chegara hududlarda ko‘chma brigadalar yordamida ko‘riklar tashkil etiladi.
Yoshlar orasida homiladorlar, yangi tuqqan ayollar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bor shaxslarning uyda ko‘riklari amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0