Xitoy Ukrainadagi mojaroni hal qilishda Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi

© RIA Novosti . Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Pekin
Goroda mira. Pekin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy tashqi ishlar vaziri Lavrovga Ukrainadagi inqirozni Rossiya bilan birgalikda hal qilishga tayyorligini aytdi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Pekin Ukraina inqirozini hal qilishga real hissa qo‘shish uchun Moskva bilan o‘zaro hamkorlik va muvofiqlashtirishni davom ettirish niyatida. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Vazirlar uchrashuvi Hindistonda bo‘lib o‘tgan ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi doirasida bo‘lib o‘tdi.

“Xitoy tinchlik muzokaralarini ilgari surishda qat’iyatli bo‘ladi va inqirozni siyosiy tartibga solishga haqiqiy hissa qo‘shish uchun Rossiya bilan hamkorlik va muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyor”, - deya Xitoy TIV rasmiy sayti Sin Gan so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Bunga javoban Lavrov Ukraina inqirozini siyosiy yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha Xitoy pozitsiyasining muhimligini qayd etib, Pekinning prinsipial pozitsiyasiga rozi ekanligini va Xitoy bilan yaqin aloqalarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar, shuningdek, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida hamkorlik va muvofiqlashtirishni kuchaytirish, “yangi sovuq urushga qarshi turish”, mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni saqlashga kelishib olishdi.
Rossiya va Xitoy BRIKS, G20 va BMT, ShHT kabi ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida muvofiqlashtirish va hamkorlikni kuchaytirishga hamda “gegemonlikning barcha shakllariga qarshi turishga” tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi.
Yangiliklar lentasi
0