Saidov Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

© Press-slujba MID UzbekistanaVstrecha ministra inostrannix del Uzbekistana Baxtiyora Saidova s ministrom inostrannix del Pakistana E.P. Bilavalom Bxutto Zardari
Vstrecha ministra inostrannix del Uzbekistana Baxtiyora Saidova s ministrom inostrannix del Pakistana E.P. Bilavalom Bxutto Zardari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Obuna bo‘lish
Hindistonning Goa shtatida ShHT tashqi ishlar vazirining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov pokistonlik hamkasbi Bilaval Bhutto Zardoriy bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston-Pokiston hamkorligining to‘liq kashf etilmagan salohiyati haqida so‘z yuritildi.

“Biz istisnosiz barcha sohalarda O‘zbekiston-Pokiston hamkorligining ulkan va ayni paytda to‘liq kashf etilmagan salohiyatidan keng foydalanish bo‘yicha samimiy suhbatlashdik”, - deyiladi xabarda.

Hindistonning Goa shtatida 4-5 may kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tashqi ishlar vazirining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda TIV rahbarlari 3-4 iyul kunlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisini mazmunli to‘ldirish masalalariga alohida ahamiyat beradilar. Tegishli hujjatlar va qarorlar loyihalari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, vazirlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb mavzularni muhokama qiladilar.
Yangiliklar lentasi
0