Tojikiston delegatsiyasi qurilish sohasida Toshkent tajribasini o‘rgandi

© Press-slujbi xokimiyata goroda TashkentaPerviy zamestitel xokima Tashkenta Baxtiyor Raxmonov vstretilsya s delegatsiyey goroda Dushanbe
Perviy zamestitel xokima Tashkenta Baxtiyor Raxmonov vstretilsya s delegatsiyey goroda Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2023
Obuna bo‘lish
Dushanbe shahar qurilish, arxitektura va shaharsozlik boshqarmalarining tegishli mutasaddilari Toshkentga tajriba o‘rganish uchun tashrif buyurdi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov Dushanbe shahrining delegatsiyasi bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Delegatsiyaga Tojikistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Rahmonzoda Abdujabbor Aziz boshchilik qildi.
Uchrashuvda Rahmonov so‘nggi yillarda poytaxtda prezident boshchiligida amalga oshirilgan islohot va yangilanishlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, poytaxt hokimligi mehmonlar bilan hamkorlikka va barcha masalalarda ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
Abdujabbor Rahmonzoda uchrashuvni tashkil etishda ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi. U Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Dushanbe shahrining infratuzilmasini yangilash, unda zamonaviy biznes va turar joy majmualarini o‘zida mujassam etgan Xalqaro ishbilarmonlik markazini yaratish topshirig‘ini berganini ma’lum qildi.
Topshiriqni ijro etish doirasida Dushanbe shahar qurilish, arxitektura va shaharsozlik boshqarmalarining tegishli mutasaddilari Toshkent shahriga tajriba o‘rganish uchun tashrif buyurganini aytdi. Shuningdek, tashrif doirasida Toshkent shahar hokimligi tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Rahmonov poytaxt hokimligi va tegishli tashkilotlar kelgusida ham har tomonlama hamkorlik hamda amaliy yordam berishga tayyorligini bildirdi va uchrashuv yakunida taraflar o‘zaro muloqotni davom ettirishga kelishib olishdi.
Ma’lumot uchun, tashrif doirasida Dushanbe delegatsiyasining vakillari poytaxtdagi "Tashkent City", "Olmazor Business City", "Yangi O‘zbekiston" bog‘i, Yashnobod tumanidagi Texnopark kabi qator yirik obyektlarga tashrif buyurib, tajriba o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Yangiliklar lentasi
0