Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi kun g‘oliblari aniqlandi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiQilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi kun g‘oliblari aniqlandi
Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining birinchi kun g‘oliblari aniqlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Obuna bo‘lish
Musobaqaning birinchi kunida shpaga bo‘yicha yakkalik dasturida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Toshkentda qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqaning birinchi kunida shpaga bo‘yicha yakkalik dasturida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
Shiddatli janglar yakunida erkaklar o‘rtasida Fayzullo Alimov, ayollar o‘rtasida esa Dilnaz Murtazayeva oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Erkaklar:
1. Fayzullo Alimov;
2. Muhammad Yusuf Sidiqov;
3. Meyirxan Timurov;
3. Iskander Turishev.
Ayollar:
1. Dilnaz Murtazayeva;
2. Marjona Zubaydulloyeva;
3. Veronika Rojkova;
3. Malika Hakimova.
Bugun jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar ma’lum bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0