Samarqanddagi chempionatda o‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar yana uchta medal qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy Olimpiyskiy KomitetYeshyo tri medali v aktive otechestvennix grebsov
Yeshyo tri medali v aktive otechestvennix grebsov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Obuna bo‘lish
Kechki dasturda 4 yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Samarqand shahrida eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar yana uchta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Kechki dasturda 4 yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar 2 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
U23:
XC2 (kanoe bo‘yicha juftlik mikst) 500 metr:
O‘zbekiston (Sh.Muhammadeiv, X.Erkinova) – 1:59.405;
Qozog‘iston – 2:01.960;
Eron – 2:02.395.
W K4 500 m:
Eron – 1:43.603;
Qozog‘iston – 1:45.836;
O‘zbekiston (M.Islamova, S.Ashrafxonova, M.Ashrafxonova, A.Tanatmisheva) – 1:47.836.
U20:
W C4 500m:
O‘zbekiston (T.Umaraliyeva, R.Abdurazoqova, G.Ibrohimova, Sh.Sherzodova) – 2:01.574;
Hindiston – 2:01.967;
Qozog‘iston – 2:02.054.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining birinchi kun kunduzgi dasturidan o‘rin olgan final bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishgan edi.
Osiyo chempionati 26-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Iroq, Hindiston, Xitoy Taipeyi, Gonkong, Tailand, Indoneziya kabi mamlakatlardan 400 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0