Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zlaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev rasskazal o planax po razvitiyu Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev rasskazal o planax po razvitiyu Tashkenta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.04.2023
Obuna bo‘lish
Davlat rahbarining forum doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Davlat rahbari forumning yalpi majlisida nutq so‘zlaydi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Sessiyada Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi raisi - prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir, BMT bosh kotibining o‘rinbosari Olga Algayerova, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayan ham qatnashadi.
Sessiyaga jurnalistika va kommunikatsiyalar sohasida taniqli britaniyalik ekspert Jonatan Charlz moderatorlik qiladi.
Davlat rahbarining forum doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.
Umuman, tadbirda 70 mamlakatdan kelgan 2,5 mingga yaqin ishbilarmon doiralar va bank-moliya sohasi vakillari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0