Navoiydagi qurilish mollari do‘konida yong‘in yuz berdi

© Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiMChS
MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2023
Obuna bo‘lish
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Navoiy viloyati Karmana tumanidagi qurilish mollari do‘konida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 10-aprelga o‘tar kechasi tuman FVB dispecherlik xizmatiga soat 23:03 da I. Karimov ko‘chasida joylashgan 3 qavatli qurilish mollari savdo markazidagi yong‘in to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, FVBdan 14 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga zudlik bilan yetib borilgan. FVB xodimlari 800 kvadrat metrga ega bo‘lgan savdo do‘konidagi yong‘inni soat 01:59 da bartaraf etgan.
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Yangiliklar lentasi
0