O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi

© AFP 2023 / OLIVIER MORINSeysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2023
Obuna bo‘lish
Zilzila episentri Toshkentdan 518 km janubiy-g‘arbda joylashgan.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 2-aprel kuni soat 23:05 da (Grinvich bo‘yicha soat 18:05 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Episentr: Buxoro viloyati, Jondor tumani. Zilzila koordinatalari: 40,34 gradus shimoliy kenglik; 63,18 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 518 km janubi-g‘arbda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, 21-mart kuni Afg‘oniston va Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezilgandi. O‘zbekistonning ayrim joylarida uning kuchi 5-6 ballni tashkil etgan. Shuningdek, 23-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu zilzila kuchi ham O‘zbekistonda sezilgandi.
Yangiliklar lentasi
0