Mirziyoyev BAA vitse-prezidenti va valiahdiga tabrik yo‘lladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2023
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev ularni yangi tayinlovlar bilan samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon hamda Abu-Dabi amirligi valiahdi etib tayinlangan Shayx Holid bin Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabriklar yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Mirziyoyev ularni ushbu yangi tayinlovlar bilan samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi. Birodar Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik, davomiy ravnaq va taraqqiyot tiladi.
Maktublarda birgalikdagi intilishlar va qat’iy sa’y-harakatlar tufayli oxirgi yillarda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida qaror topgan keng qamrovli aloqalar o‘zaro ishonch, yuksak hurmat va bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirilgan.
Yangiliklar lentasi
0