Bayden Rossiyaning taktik yadroviy qurollar bo‘yicha qaroridan "xavotirda"

© AFP 2023 / BRENDAN SMIALOWSKIDjo Bayden
Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Obuna bo‘lish
Bayden Rossiyaning Belarusda taktik yadro quroli bo‘yicha qaroridan xavotirda ekanini aytdi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirish qaroridan “xavotirda”, biroq Oq uy rahbari Amerika yadro qurolini Yevropada saqlash muammosini tilga olmadi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Jurnalistlarning Bayden Rossiyaning Belarusda bunday qurollarni joylashtirish qaroridan xavotirdami, degan savoliga Oq uy "Albatta, men bundan xavotirdaman", deya Baydenning so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
Shuningdek, Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarorini “xavfli” va “tashvishli” deb bilishi qo‘shimcha qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva va Minsk xalqaro majburiyatlarni buzmagan holda Belarusda taktik yadro qurolini joylashtirishga kelishib olganini aytgandi.
Putinning tushuntirishicha, Rossiya o‘zining yadro qurolini Belarusga bermayapti, balki Qo‘shma Shtatlar o‘nlab yillar davomida qilgan ishni qilmoqda, chunki amerikaliklar “o‘z (ittifoqdoshlari) ekipajlariga, uchuvchilarga kerak bo‘lsa, ushbu turdagi quroldan foydalanishni o‘rgatadi”.
Yangiliklar lentasi
0