“KazTransOyl” O‘zbekistonga Rossiya neftini jo‘natishni boshladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanaya kachalka
Neftanaya kachalka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya nefti Omsk – Pavlodar – Chimkent – Shag‘ir neft quyish stansiyasi yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga jo‘natiladi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. “KazTransOyl” AJ O‘zbekistonga 25 ming tonna Rossiya neftini jo‘natishni boshladi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston yozmoqda.
Rossiya nefti Omsk – Pavlodar – Chimkent – ​​Shag‘ir neft quyish stansiyasi yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga jo‘natiladi.
Neftni tashish Qozog‘iston Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neft yetkazib berish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
2023 yilda “KazTransOyl” AJ magistral neft quvurlari tizimi orqali O‘zbekistonga Rossiya nefti tranzitining kutilayotgan hajmi 250 ming tonnani tashkil etadi.
O‘tgan yilning dekabr oyida Qozog‘iston Rossiya neftining O‘zbekistonga tranziti uchun tarifni oshirgandi. Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit qilish maqsadida Rossiya neftini tashish xizmati tarifi 1 tonna uchun (QQSsiz) 27,9 AQSh dollari miqdorida tasdiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0