Tarixda ilk bor qoraqalpoq tili BMT minbarida yangradi — video

© Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Saida Mirziyoyeva suv masalalari bo‘yicha BMT anjumanida shoir Ibrohim Yusupovning elegiyasidan bir parcha o‘qib berdi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Saida Mirziyoyeva BMT anjumanida Orol dengizi mintaqasi uchun muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan nutq so‘zlardi va shoir Ibrohim Yusupovning elegiyasidan bir parcha o‘qib berdi.
Nyu-Yorkda suv masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan BMT anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston nomidan chiqish qildi.
© Saida MirziyoyevaSaida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Saida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva o‘z chiqishi davomida shoir Ibrohim Yusupovning elegiyasidan bir parcha o‘qib berdi.

“Men o‘z chiqishimda Orol dengizi ekologik fojeasiga qarshi kurashishda madaniyat va ijodning muhim ahamiyatga egaligini qayd etdim. Bu boradagi ishlar doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan keng ko‘lamli ta’lim va madaniy dasturlarni o‘z ichiga olgan Aral Culture Summit loyihasi bilan tanishtirdim”, deb yozadi Mirziyoyeva o‘zining Telegram-sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shbu anjumanda ishtirok etish O‘zbekistonga suv resurslarini boshqarish sohasidagi muammolar va yutuqlar bilan bo‘lishish, boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasi va amaliyoti bilan tanishish imkonini berdi.
Yangiliklar lentasi
0