Orolbo‘yi mintaqasida Rossiya bilan hamkorlikda ikkita qo‘shma klinika ochiladi — SSV

© Sog‘liqni saqlash vazirligiSankt-Peterburg
Sankt-Peterburg  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Sankt-Peterburg shahri gubernatori o‘rinbosari Oleg Ergashev bilan uchrashdi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Orolbo‘yi mintaqasida qo‘shma klinika ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya “Sog‘lom jamiyat” forumida ishtirok etish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya ilk uchrashuvni Sankt-Peterburg shahri gubernatori o‘rinbosari Oleg Ergashev bilan o‘tkazdi.
Amrillo Inoyatovning so‘zlariga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda 22 ta xorijiy universitet bilan hamkorlikda tibbiyot kadrlari tayyorlanmoqda. Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti — shulardan biri.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti o‘rtasidagi kelishuv asosida 2018-yildan buyon qo‘shma ta’lim dasturi asosida talabalar o‘qitilmoqda. Shu kunlarda birgina Sankt-Peterburgdagi mazkur nufuzli oliy o‘quv yurtida 300 nafarga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda.
Mazkur universitet va Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti o‘rtasida erishilgan kelishuvga muvofiq, xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi asosida klinik ordinatura tashkil etilgan.
Shuningdek, muloqotda O‘zbekiston ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi N.Petrov nomidagi onkologiya milliy tadqiqot markazi o‘rtasida klinik ordinatura bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0