OAV: AQSh Ilon Maskning Ukraina mojarosi bo‘yicha qarashlaridan norozi

© AP Photo/Ringo H.W. ChiuInjener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask
Injener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2023
Obuna bo‘lish
Bloomberg: Vashington Ilon Maskning Ukraina bo‘yicha Rossiya uchun ma’qul pozitsiyasidan norozi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Ilon Maskning Ukraina bo‘yicha pozitsiyasi va uning Twitter ijtimoiy tarmog‘i ta’sirining kengayishi Oq uy uchun muammoga aylandi. Bu haqda RIA Novosti Bloomberg agentligiga tayanib xabar berdi.

“AQSh siyosatidan (Ukraina bo‘yicha - tahr.) farqli o‘laroq, Mask Ukrainadagi mojaroga barham berishda ham Rossiya uchun foydali bo‘lgan rejani, ham Xitoy va Tayvanni birlashtirish sxemasini taklif qildi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Mualliflarning fikricha, Mask turli sohalardagi “hukumat bilan turli darajada kesishadigan” beshta kompaniyani nazorat qiladi, bu esa biznesmenga ulkan global nufuz beradi.
Masalan, Maskning SpaceX kompaniyasi NASA bilan hamkorlik qiladi va Tesla elektromobillari Baydenning ekologik dasturining asosini tashkil qiladi. Biroq, material mualliflarining fikricha, AQSh rahbarining “jig‘iga teguvchi” bu Twitter. Boshqa narsalar qatorida, Vashington tadbirkorning Ukrainadagi voqealar rivojiga katta ta’siridan qo‘rqadi.
Materialga ko‘ra, Mask Ukraina Qurolli kuchlari Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimidan qanday foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida bir tomonlama qaror qabul qiladi. Bu vakolatlar esa prezidentlikka yaqin va amerikalik mudofaa pudratchisi uchun odatiy emas.
Starlink — bu dunyoning istalgan nuqtasida Internetga keng polosali ulanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldosh tarmog‘idir. Yevropadagi eng katta qamrov Ukrainada bo‘lib, u 20 000 dan ortiq terminallarni qabul qildi. Ular Ukraina qurolli kuchlari tomonidan faol foydalaniladi.
Fevral oyi o‘rtalarida Mask o‘z kompaniyasi qurilmalarining uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi. Shuningdek, oktabr oyi oxirida tadbirkor Twitter ni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik shartnomani yopdi.
U qattiq senzura uchun keng tanqid qilingan ijtimoiy tarmoq tahririyat siyosatini liberallashtirishga va kontent moderatori kengashini tuzishga va’da berdi, ammo kengash ishlamaguncha tahririyat siyosati va bloklangan akkauntlarni qayta tiklash bo‘yicha global qarorlar qabul qilmaslikka va’da berdi.
Yangiliklar lentasi
0