Xitoy O‘zbekistonni “sayohat tavsiya etilgan mamlakatlar” ro‘yxatiga qo‘shdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMinaret Kalyan v Buxare
Minaret Kalyan v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy hukumati tomonidan chet davlatlarga, xususan, O‘zbekistonga guruhli sayohatlar qayta tiklandi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Xitoy O‘zbekistonni sayohat tavsiya etilgan mamlakatlar ro‘yxatiga qo‘shdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Xitoy hukumati chet davlatlarga, xususan, O‘zbekistonga guruhli sayohatlarni qayta tikladi. Xitoy sayyohlik agentliklari va onlayn sayohat xizmati provayderlari test rejimida guruhli turlar sayohatlarini tashkil qilishni davom ettirmoqda.
Xitoy sayyohlik agentliklari va onlayn sayohat xizmati provayderlari test rejimida guruhli turlar sayohatlarini tashkil qilishni davom ettirmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Xitoy fuqarolari guruh bo‘lib jami 40 ta davlatga, jumladan, O‘zbekistonga ham sayohat qilishlari mumkin.

“O‘zbekistonda bo‘lish davomida 1 nafar xitoylik sayyoh turizm xizmatlari uchun o‘rtacha 1,1 ming dollar sarflaydi. O‘z navbatida 2023-yilda yurtimizga 100 ming nafar xitoylik turistlarni jalb qilish maqsad qilingan”, - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili O‘zbekistonga Xitoydan 5,4 ming nafar turist tashrif buyurgan.
Yangiliklar lentasi
0