AQSh razvedkasi Rossiyaning yadro arsenalini eng qudratli deb atadi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishUcheniya sil strategicheskogo sderjivaniya v Rossii
Ucheniya sil strategicheskogo sderjivaniya v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2023
Obuna bo‘lish
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya uzoq masofali yadroviy raketalar va suv osti “yetkazib berish tizimlari”ni takomillashtirmoqda.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. AQSh razvedkasi tahdidlarni baholash bo‘yicha yillik hisobotida Rossiyaning yadro arsenalini dunyodagi eng qudratli deb atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Rossiya yadro qurolining eng katta va kuchli zaxirasini saqlab turibdi, yadro quroli sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish va modernizatsiya qilishda davom etmoqda”, — deyiladi hujjatda.
Bundan tashqari, mamlakat yadroviy va oddiy jangovar kallaklarni tashishga qodir bo‘lgan "keng, xilma-xil va zamonaviy strategik bo‘lmagan tizimlar liniyasini" kengaytirmoqda va modernizatsiya qilmoqda.
“Moskva bu tizimlar unga dushmanlarni to‘xtatib turish, potensial jangovar harakatlar kuchayishini nazorat qilish, AQSh va ittifoqchilarning odatiy kuchlariga qarshi turish qobiliyatini beradi, deb hisoblaydi”, — deyiladi hisobotda.
Yangiliklar lentasi
0