“Katta dubulg‘a”: O‘zbekiston terma jamoasi turnirni ikkinchi o‘rinda yakunladi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaDavlat Bobonov stal chempionom "Bolshogo shlema" po dzudo
Davlat Bobonov stal chempionom Bolshogo shlema po dzudo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyadan so‘ng umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi “Katta dubulg‘a” turnirini yangi rekord bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
“Yunusobod sport majmuasi” mezbonlik qilgan dzudo bo‘yicha Toshkent “Katta dubulg‘a” turniri nihoyasiga yetdi. Dunyoning 49 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyadan so‘ng umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza, jami 8 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Murosasiz bellashuvlarda Murodjon Yo‘ldoshev -73 kg, Davlat Bobonov -90 kg va Alisher Yusupov +100 kg vazn tofasida oltin medalga ega chiqishdi.
Qayd etish joiz, bu “Katta dubulg‘a” turnirlarida medallar soni bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi uchun yangi rekord.
Oltin medal:
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev;
-90 kg: Davlat Bobonov;
+100 kg: Alisher Yusupov.
Kumush medal:
-66 kg: Sardor Nurillayev;
Bronza medal:
-60 kg: Doston Ro‘ziyev;
-66 kg: Muhriddin Tilovov;
-81 kg: Muso Sobirov;
-70 kg: Gulnoza Matniyazova.
Yangiliklar lentasi
0