Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga maslahatchilar tayinlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2023
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan axborot siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va raqamli texnologiyalar masalalari bo‘yicha vazir maslahatchilari lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriga 3 nafar maslahatchi tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan axborot siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va raqamli texnologiyalar masalalari bo‘yicha vazir maslahatchilari lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Unga ko‘ra:
Sultonov Isajon Abdurayimovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;
Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga;
Rahimov Bobur Kamolovich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0