Ichki ishlar vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

© Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiIchki ishlar vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Ichki ishlar vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2023
Obuna bo‘lish
Tayinlovga qadar Shavkat Rahmonov Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Prezident qarori bilan polkovnik Shavkat Navruzovich Rahmonov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Shavkat Rahmonov Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Avvalroq Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylangandi.
Yangiliklar lentasi
0