AQShning yadroviy qurol obyektida yong‘in chiqdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPojar na sklade, arxivnoe foto
Pojar na sklade, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2023
Obuna bo‘lish
Amerika Qo‘shma Shtatlarida Y-12 yadro quroli obyektida yong‘in chiqdi - tafsilotlar.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Qo‘shma Shtatlarda Y-12 asosiy yadroviy qurol obyektlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti obyektning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea chorshanba kuni ertalab yuz bergan. Shtab mutaxassislari qutqaruvchilar ko‘magida yong‘inni bartaraf etdi.
"Jabrlanganlar va infeksiyalar qayd etilmagan. Obyektdagi blokirovkalar olib tashlandi. Barcha smenalar belgilangan vaqtda ishga kelishi kerak", - deyiladi xabarda.
1943 yildan beri Tennessi shtatida faoliyat yuritib kelayotgan obyekt AQSh Energetika vazirligiga tegishli bo‘lib, “xavfsiz va samarali harbiy yadroviy to‘xtatib turish”ni ta’minlashda ishtirok etadi.
Mutaxassislar, shuningdek, yadroviy materiallarni qazib olish va saqlash, dengiz reaktorlariga yonilg‘i quyish va boshqa davlat va xususiy shaxslar manfaatlarini ko‘zlab ishlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Amerika yadro quroli dasturi (“Manxetten loyihasi”) doirasida yaratilgan Y-12 Milliy xavfsizlik majmuasi Oak-Ridj shahri yaqinida joylashgan. U yerda AQSh yadro qurolining tarkibiy qismlarini ishlab chiqaradi va AQShda boyitilgan uran zahiralarining asosiy qismini saqlaydi.
Yangiliklar lentasi
0