Nodirbek Abdusattorov Dusseldorfdagi ikkinchi o‘yinda g‘alabaga erishdi - video

© NOK UzbekistanaNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2023
Obuna bo‘lish
Nodirbek Abdusattorov rossiyalik shahmatchi Andrey Yesipenko ustidan g‘alaba qozondi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Nodirbek Abdusattorov "WR Chess Masters" turnirining 2-turida g‘alabaga erishdi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev ma’lum qildi.
Germaniyaning Dusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha "WR Chess Masters" turnirining 2-tur bahslarida Nodirbek Abdusattorov rossiyalik shahmatchi Andrey Yesipenko bilan bahs yuritdi.
Shiddatli o‘tgan bahsning 41-yurishidan keyin FIDE bayrog‘i ostida harakatlangan Andrey Yesipenko taslim bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nodirbek Abdusattorov Dusseldorfda musobaqasi doirasida hozirgina birinchi o‘yinni durang natija bilan yakunlagandi. Uning raqibi, jahon shaxmatchilar reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan rossiyalik Yan Nepomnyashiy edi.
Yangiliklar lentasi
0