Ozarbayjon va O‘zbekiston neft-gaz sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota neftanix stankov - kachalok
Rabota neftanix stankov - kachalok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Bokuda O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo birinchi forumi ishtirokchilari oldida turgan dolzarb vazifalar mavzusiga bag‘ishlangan Boku-Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Ozarbayjon va O‘zbekiston neft-gaz sohasida hamkorlikni kengaytirish niyatida. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Ozarbayjon hududlararo birinchi forumi ishtirokchilari oldida turgan dolzarb vazifalar mavzusiga bag‘ishlangan Boku-Toshkent videoko‘prigida ma’lum qilindi.
Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi Emin Mammadzadening so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon va O‘zbekiston neft-gaz sohasida hamkorlikni kengaytirishi mumkin.

“Yaqinda Janubiy gaz yo‘lagi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Yaqin yillarda Ozarbayjon gaz qazib olish hajmini ikki barobarga oshirish niyatida. Balki bu loyihani amalga oshirish uchun yaratiladigan infratuzilma O‘zbekiston uchun ham foydali bo‘lar”,- dedi Mamedzade.

U O‘zbekistonda ko‘plab neft va gaz konlari mavjudligi, ulardan biri Navoiy viloyatida (Zarafshon) joylashganligini ta’kidladi.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, Zarafshon koni foydali ishlay boshlashi va O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z mevasini berishi uchun bir necha milliard sarmoya kerak.
Yangiliklar lentasi
0