Energetika vaziri: "Lukoyl" bilan shartnoma aslida 55/45 - O‘zbekiston foydasiga

© O‘zbekneftgazBuxoro neftni qayta ishlash zavodi “GTL” naftasining birinchi partiyasini qabul qildi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi “GTL” naftasining birinchi partiyasini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2023
Obuna bo‘lish
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi bilan mahsulot taqsimoti bitimining ayrim shartlarini tushintirib berdi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaning "Lukoyl" bilan tuzgan shartnomasi aslida 55 ga 45 - O‘zbekiston foydasiga. Bu haqda Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bir guruh jurnalistlar bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar berdi O‘zA.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi bilan mahsulot taqsimoti bitimining ayrim shartlarini tushintirib berdi.
“Investorlar qatorida bor bo‘lgan "O‘zbekneftgaz" (davlat korxonasi) ulushini qo‘shib hisoblaganda, jami daromadning 55 foizi O‘zbekiston, 45 foizi "Lukoyl"ga tegadi”, deydi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik ushbu shartnomani 90/10 deb nomlaydi. Ya’ni ushbu kondagi gazning 90 foizi "Lukoyl"ga, 10 % O‘zbekistonga degan xato tasavvurga ega. Vazirning tushuntirishicha, aslida bu butunlay boshqacha.
Yangiliklar lentasi
0