Rossiya iqtisodiyoti G‘arb kutganidan ko‘ra ancha bardoshli bo‘lib chiqdi - OAV

© Sputnik / Natalya SeliverstovaMoskovskiy Kreml
Moskovskiy Kreml  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2023
Obuna bo‘lish
Fransiya G‘arbning Rossiyaga qarshi siyosati muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan oldi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Rossiya iqtisodiyoti misli ko‘rilmagan sanksiyalarga dosh berib, G‘arbda kutilganidan ko‘ra ancha bardoshli bo‘lib chiqdi. Bu haqda RIA Novosti jurnalist Jan-Mishel Bezaning Le Monde gazetasida chop etilgan maqolasiga tayanib xabar berdi.
“Xalqaro valyuta jamg‘armasi yanvar oyi oxirida g‘arbliklarni ajablantiruvchi tashxizni taqdim etdi: Retsessiya (Rossiyada – tahr.) 2022-yilda 2,2 foiz bilan cheklangan edi, bu dastlab prognoz qilingan 8,5 foizdan ancha uzoqdir”, — deyiladi nashrda.
Rossiya iqtisodiyotining mustahkamligini ko‘plab omillarda ko‘rish mumkin. Qayd etilishicha, gap, avvalo, Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyaning boshida rublkursini barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lgan Markaziy bank siyosati haqida bormoqda.
Bundan tashqari, gazetaning ta’kidlashicha, Rossiya xorijda muzlatilgan 300 milliard dollarga qaramay neft eksportidan olingan sezilarli valyuta zaxiralariga ega.
Yangiliklar lentasi
0