Rossiyaning bosh onkologi nima uchun O‘zbekistonga keldi - video

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishBlagotvoritelniy konsert V. Lisisi
Blagotvoritelniy konsert V. Lisisi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2023
Obuna bo‘lish
Rejalarimiz bir-birimizga yordam berish, o‘rganish, yoshlarimiz orasida tajriba almashish orqali yangi texnologiyalarni bemorlarga yetkazishdir - Kaprin.
TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Milliy tibbiy radiologiya ilmiy markazi bosh direktori Andrey Kaprin Sputnik muxbiriga o‘zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlik rejalari haqida so‘zlab berdi.
Kaprinning aytishiga ko‘ra, Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonga radionuklidlar ishlab chiqarish jarayonini ko‘rgani hamda oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan anjumanni muhokama qilgani kelishgan.

"Biz radionuklidlar ishlab chiqarish jarayonini ko‘rgani hamda oktabrda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil qilinadigan anjuman borasida suhbatlashgani keldik. Anjumanda biz radionuklid terapiyasi yordamida onkologik, yurak-qon tomir va nevrologik kasalliklarni kompleks davolash masalalarini muhokama qilamiz. Bu yangi yo‘nalish bo‘lib, u juda istiqbolli hisoblanadi. Shu sababli biz ham fan rivojini, ham onkologik markazni ko‘rgani keldik", - deydi shifokor.

Kaprinning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Rossiya va O‘zbekiston yosh shifokorlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

"Rejalarimiz xalqaro hamkorlikni kengaytirish, bir-birimizga yordam berish, bir-birimizdan o‘rganish, yoshlarimiz o‘rtasida tajriba almashish orqali yangi texnologiyalarni bemorlarga yetkazishdir", - dedi Rossiya bosh onkologi.

Tashrif doirasida Kaprin O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev va yadro tibbiyoti sohasidagi muassasalar vakillari bilan uchrashdi.
Yangiliklar lentasi
0