Abdusattorov yana bir turnirda ishtirok etadi - unga kimlar raqiblik qilishi mumkin?

© t.me/uzbekgrandmaster Nodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2023
Obuna bo‘lish
"WR Chess Masters" turnirida Yan Nepomnyashiy, Anish Giri, So Uesli kabi grossmeysterlar dona surishadi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. 15-26 fevral kunlari Germaniyaning Dusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha "WR Chess Masters" turniri tashkil etiladi. Unda Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.
Sovrin jamg‘armasi 130 ming yevroni tashkil etadi. Turnirda umumiy hisobda 10 nafar shaxmatchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.
Musobaqada Nodirbekdan tashqari Yan Nepomnyashiy, Anish Giri, So Uesli, Levon Aronyan, Yan-Kristof Duda, Gukesh, Vinsent Keymar, Pragnananda, Andrey Yespiyenko kabi grossmeysterlar dona surishadi.
Nodirbek Abdusattorov futbolchi bo‘lishi mumkin edi: grossmeyster haqida qiziqarli faktlar
Yangiliklar lentasi
0