O‘zbekistonlik shaxmatchilar xalqaro turnirda durang natija qayd etishdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.01.2023
Obuna bo‘lish
Abdussatorov ochkolar hisobini 7,5 taga, Sindorov esa 7 taga yetkazib oldi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Niderlandiyada bo‘lib o‘tayotgan "Tata Steel Chess-2023" shaxmat musobaqasida o‘zbekistonlik shaxmatchilar durang natija qayd etishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.
Musobaqaning 11-turida barchaning diqqat-markazi "Masters" guruhining yetakchilari Nodirbek Abdusattorov hamda niderlandiyalik Giri Anish o‘rtasidagi bahsga qaratildi.
Qiziqarli taktikalarga boy o‘yinda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi va o‘z hisoblariga 0.5 ochkodan yozib qo‘yishdi.
Ushbu bahsdan so‘ng ochkolari hisobini 7.5 taga yetkazib olgan Abdusattorov hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.
Oq donalarda niderlandiyalik Maks Varmerdamga qarshi bahs olib borgan Javohir Sindorov ham durang qayd etdi. Ushbu natijadan so‘ng Sindorov ochkolarini 7 taga yetkazib oldi va sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0