Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov germaniyalik raqibi bilan durang o‘ynadi

© Foto: Federatsiya shaxmat UzbekistanaNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2023
Obuna bo‘lish
Niderlandiya mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” musobaqasida 9-tur bahslari yakuniga yetdi.
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Niderlandiya mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” musobaqasining 9-tur bahslarida Nodirbek Abdusattorov germaniyalik raqibi bilan 7 soatga cho‘zilgan o‘yinda durang qayd etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
“Masters” guruhi peshqadami Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi dona surgan. 9 turdan so‘ng 6.5 ochko jamg‘argan Abdusattorov hamon ushbu guruh peshqadamligini saqlab turibdi.
“Chellenjer” guruhida Javohir Sindorov navbatdagi g‘alabasini tantana qildi. Bu gal u amerikalik Abximanyu Mishrani taslim etdi. Ushbu g‘alabadan keyin 6 ochko jamg‘argan Javohir 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Abdusattorov musobaqa davomida vengriyalik Rixard Rapport, eronlik Parham Maqsudluni mag‘lub etib, amerikalik Fabiano Karuana va hindistonlik Dommarju Gukesh bilan durang o‘ynagan edi. Kuni kecha jahon chempioni Magnus Karlsenni mag‘lub etgandi. Bundan tashqari, u hindistonlik Rameshbabu Pragnanandaa bilan durang qayd etgan.
Turnir 29-yanvargacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0