Laziz Qudratov O‘zbekiston YaIM 10-yildan keyin qanchaga yetishini aytdi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaPerviy zamministra investitsiy i vneshney torgovli Laziz Kudratov
Perviy zamministra investitsiy i vneshney torgovli Laziz Kudratov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2023
Obuna bo‘lish
Yaqin 10-yilda O‘zbekiston YaIM ikki barobarga oshadi va prognozlarga ko‘ra, 160 milliard dollarga yetadi, dedi vazir.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘tgan yili O‘zbekiston iqtisodiyoti 5 foizga o‘sdi. Bu yil iqtisodiy o‘sish 5 foizdan oshishi kutilmoqda. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov O‘zbekiston-Singapur forumida ma’lum qildi.
“Yaqin 10-yilda O‘zbekiston YaIM ikki barobarga oshadi va prognozlarga ko‘ra, 160 milliard dollarga yetadi. Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ham 80 foizni tashkil etadi. Biz o‘z oldimizga 2030-yilga borib mamlakatimizni dunyoning o‘rtacha daromadga ega davlatlaridan biriga aylantirishni aniq maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu maqsadlarga erishish uchun bizda xohish-iroda ham, imkoniyat ham yetarli”, dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Singapurga tashrifi oldidan ushbu mamlakatda O‘zbekiston-Singapur biznes-forumi boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 16-18 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Singapurda bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0