Bayram kunlari metro ish vaqti uzaytiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNa odnoy iz stansiy
Na odnoy iz stansiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Bayram kunlari metropoliten aholiga qay tartibda xizmat ko‘rsatishi ma’lum qilindi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 31 dekabr kuni Toshkentda metro odatdagidan ko‘proq harakatlanadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmatlari xabar berdi.
Qayd etilishicha, 31dekabr, shanba dam olish kuni metropoliten doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Ish vaqtining tugashi esa bir soatga uzaytiriladi, ya’ni barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, 2023-yil 1 – 3-yanvar kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.
Avvalroq dam olish kunlari Toshkentda jamoat avtobusi harakati qanday tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0