Medvedev: Rossiya yadro fojiasiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishDmitriy Medvedev
Dmitriy Medvedev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosarining fikricha, Qurolsizlanishga oid yangi kelishuvlar hozirgi vaqtda bajarib bo‘lmaydigan va darkor emas.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiya Uchinchi jahon urushi va yadro fojiasiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
“Qurolsizlanishga oid yangi kelishuvlar hozirgi vaqtda bajarib bo‘lmaydigan va darkor emas. Mamlakatimizni qanoatlantiradigan maksimal xavfsizlik kafolatlari qanchalik tezroq olinsa, vaziyat shunchalik tezroq iziga tushadi”, - deya qayd etgan Medvedev “Rossiyskaya gazeta” uchun yozgan maqolasida.
U aks holda “keskinlik nomuayan uzoq muddat saqlanib qoladi” deb hisoblaydi.
Medvedevning ishonchi komilki, agar Rossiya xavfsizlik kafolatlarini olmasa, “dunyo Uchinchi jahon urushi va yadro fojiasi yoqasida muvozanat saqlashda davom etadi”. Shuningdek, u Rossiya bu halokatlar ro‘y bermasligi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0