Qish mavsumi uchun qancha oziq-ovqat mahsulotlari zaxira qilinganligi ma’lum bo‘ldi

© Oliy Majlis Qonunchilik palatasiAziz Voitov
Aziz Voitov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bu yil jami 23,5 mln tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirildi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Qish mavsumi uchun 600 ming tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlari zaxira qilingan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan “Hukumat soati”da Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ma’lum qildi.
Aziz Voitovning so‘zlariga ko‘ra, qishda borish qiyin bo‘lgan 250dan ortiq aholi maskanlarida muhim ahamiyatli oziq-ovqat mahsulotlari yetarli miqdorda zahira qilingan.
Qayd etilishicha, bu yil jami 23,5 mln tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirildi.
Yetishtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari:
Sabzavot - 11,6 mln tonna;
Poliz mahsulotlari - 2,5 mln tonna;
Kartoshka - 3,5 mln tonna;
Meva - 3,0 mln tonna;
Uzum - 1,9 mln tonna;
Dukkakli mahsulotlar - 535,2 ming tonna;
Sholi - 515,5 ming tonna;
G‘alla - 7,2 mln tonna.
Tog‘li hududlar va cho‘l zonalariga bugungi kungacha un 12,4 ming tonna, o‘simlik yog‘i 1 622 tonna, shakar 1 828 tonna, guruch 1 692 tonna, kartoshka 7,9 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Ma’lumot uchun, yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 106 ta davlatdan qiymati 2,8 mlrd dollarga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari importida Qozog‘iston va Rossiya yuqori ulushga ega.
Yangiliklar lentasi
0