Prezident adabiyot, san’at va me’morchilik sohasi vakillarini taqdirladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Alisher Alikulovga Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyida ishlangan mahobatli rangtasvir asarlari uchun birinchi darajali Davlat mukofoti berilgan.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
2022 yilgi Davlat mukofotlari bo‘yicha taklifiga asosan mamlakat ilm-fani, adabiyoti va san’atini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-ma’rifiy hayotida alohida e’tiborga sazovor bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun birinchi darajali Davlat mukofotlari quyidagilarga berilgan:
fan va texnika sohasida:
Sanakulov Kuvandik, Snitka Nikolay Pavlovich, Usmanov Rustamjon, Ergashev Ulugbek Abdurasulovich, Mustakimov Otabek Mannabiyevich – “Texnologik va ishlanishi murakkab bo‘lgan oltin tarkibli ma’danlarni qayta ishlash va o‘zlashtirishning kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish” bo‘yicha ilmiy-amaliy ishlanmasi uchun;
adabiyot sohasida:
Karimov Naim Fatixovich – “Abdulla Qodiriy zamondoshlari” asari uchun;
san’at va me’morchilik sohasida:
Alikulov Alisher Maxmudovich – Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi hamda Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyida ishlangan mahobatli rangtasvir asarlari uchun.
Ikkinchi darajali Davlat mukofotlari quyidagilar loyiq ko‘rilgan:
fan va texnika sohasida:
Kvint Vladimir Lvovich – “Amir Temurning strategik yetakchiligi: “Tuzuklar”ga izohlar” ilmiy monografiyasi uchun;
san’at va me’morchilik sohasida (san’at va me’morchilik sohasida ko‘zda tutilgan 1 ta ikkinchi darajali Davlat mukofoti o‘rniga 2022-yil uchun istisno tariqasida 2 ta ikkinchi darajali Davlat mukofoti berilishi belgilangan):
Mirtadjiyev Djalalitdin Tursunovich (marhum) – mustaqillik yillarida O‘zbekistonda va bir qator xorijiy mamlakatlarda ishlangan haykaltaroshlik asarlari uchun;
Muxammeddinov Najimaddin – “Gulla-yashna, O‘zbekistonim!” simfonik poemasi, “Ayjamal” baleti va “Guloyim” operasiga yozilgan musiqiy kompozitsiyalari uchun.
Yangiliklar lentasi
0