Ob-havo: barcha hududlarda qor, tuman va yaxmalak kuzatiladi

© Xokimiyat goroda TashkentaZima v Tashkente.
Zima v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Respublikaning shimol va cho‘l xududlarida -4-9 daraja sovuq bo‘ladi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi, Surxondaryo viloyatining ayrim joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati -0-5 daraja sovuq, shimolda va cho‘l xududlarda -4-9 daraja sovuq bo‘ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Kunduzi harorat -3-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -4-9 daraja sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0