O‘zbekiston qaysi davlatlardan eng ko‘p oziq-ovqat import qilgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSvejie ovoshi, arxivnoe foto
Svejie ovoshi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga oziq-ovqat import qilish ko‘rsatkichi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 40% ga oshgan.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 106 ta davlatdan qiymati 2,8 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

“Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 40 % ga oshgan”, - deyiladi xabarda.

2022 yilning 10 oyida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
Qozog‘iston – 36,2 %;
Rossiya – 24,1 %;
Braziliya – 14,7 %;
Belarus – 4,3 %;
Pokiston – 2,0 %;
Ekvador – 1,6 %;
Xitoy – 1,5 %;
Turkiya – 1,4 %;
Hindiston – 1,3 %;
Indoneziya – 1,1 %;
Boshqa davlatlar – 11,8 %.
Yangiliklar lentasi
0