Lukashenko: Ukraina har qanday bahona bilan NATOni mojaroga jalb qilishga urinyapti

© Sputnik / Press-slujba prezidenta Kazaxstana / Mediabankka o‘tishAleksandr Lukashenko
Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Belarus prezidentining fikricha, Kiyev har qanday bahona bilan, hoynahoy, mojaroga NATOga a’zo davlatlar qo‘shinlarini jalb qilishga urinmoqda.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina har qanday bahona bilan NATOni mojaroga jalb qilishga urinayotganini ma’lum qildi.

“Barcha kuchishlatar idoralar davlat chegarasida yaqinida provokatsiyalar soni o‘sganini qayd etmoqda. Ukraina har qanday bahona bilan, hoynahoy, mojaroga NATOga a’zo davlatlar qo‘shinlarini jalb qilishga urinmoqda. Bularning bari yaqinda Polsha hududida raketalar qulashi bilan tasdiqlanadi”, - dedi Lukashenko mamlakat mudofaasi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari o‘z qurolli kuchlarining harbiy salohiyatini oshirmoqda, qo‘shni mamlakatlar hududidagi infratuzilmalarni modernizatsiya qilmoqda, tezkor va jangovar tayyorgarlik tadbirlarini tez-tez o‘tkazmoqda.
“Buning hammasi mamkatimiz atrofidagi va umuman mintqadagi shundoq ham mushkul harbiy-siyosiy vaziyatni taranglashishiga olib keladi”, - dedi Belarus rahbari.
Avvalroq Aleksandr Lukashenko Kiyevni muzokaralarni boshlab, mojaroni tugatishga chaqirgan edi, aks holda Ukrainani “to‘liq yo‘q bo‘lish” kutadi.
Yangiliklar lentasi
0