Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Donesk yaqinida strategik muhim nuqta - Opitnoe posolkasi ozod etildi

© Sputnik / Mixail Andronik / Mediabankka o‘tishProdoljayetsya osvobojdenie Mariupolya
Prodoljayetsya osvobojdenie Mariupolya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
NovostiTelegram
DXR va LXR qo‘shinlari guruhi Rossiya Qurolli kuchlari ko‘magida Doneskni o‘qqa tutishda foydalanib kelinayotgan Opitnoe posolkasi ozod etildi
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Donesk xalq respublikasi hududiy mudofaa shtabi Avdeyevka yo‘nalishidagi Opitnoe posolkasi ozod etilganini ma’lum qildi.
“2022 yil 15-noyabr holatiga ko‘ra, Donesk xalq respublikasi hududida DXR va LXR qo‘shinlari guruhi Rossiya Qurolli kuchlarining o‘t o‘chirish ko‘magida Opitnoyeni ozod qildi”, deyiladi xabarda.
Avdeyevka aholi punkti Doneskdan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. 2014-yil iyun oyidan beri u Ukraina qurolli tuzilmalari tomonidan bosib olingan. Dushman Avdeyevka atrofida chuqur eshelonli mudofaa halqasini yaratdi. Doneskga muntazam artilleriya va raketa hujumlari asosan shu yo‘nalishdan amalga oshiriladi.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0