Zelenskiy Putin bilan uchrashishdan qo‘rqayapti – deputat

© © AP Photo / Andrew KravchenkoVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2022
Obuna bo‘lish
Zelenskiy G20 sammitida Rossiya rahbari Vladimir Putin bo‘lsa, u ishtirok etmasligini aytgandi.
TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya Davlat dumasining Qrim viloyati deputati Mixail Sheremet Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shaxsiy uchrashuvdan qo‘rqayotgani haqida fikr bildirdi.
Avvalroq Zelenskiy G20 sammitida Rossiya rahbari bo‘lsa, u ishtirok etmasligini aytgandi.
“Zelenskiy shunchaki qo‘rqoqlik qildi. U o‘z videolarida orqadan ko‘p narsani ayta oladi, yonoqlarini shishiradi, jasur bo‘ladi, lekin shaxsiy muzokaralar vaqti kelganida, ko‘zga qarash vaqti kelganida, u darhol ortga chekinadi. Bu xatti-harakatining sababi ayon - u prezidentimiz bilan uchrashishdan qo‘rqadi. Zelenskiyda G‘arbning geosiyosiy manfaatlari yo‘lida o‘z mamlakatini isrof qilish va Ukraina xalqini qirg‘in qilish uchun bahonalar aytishdan boshqa gapi yo‘q”, dedi Sheremet RIA Novosti agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning G20 sammitidagi ishtiroki befoyda, chunki u yerda Ukrainaning haqiqiy xo‘jayinlari – AQSh va Buyuk Britaniya rasmiylari bo‘ladi.
Vladimir Putin 31-oktabr kuni G20 sammitida ishtirok etish bo‘yicha hali qaror qabul qilmaganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0