Moskvadan Urganchga uchayotgan samolyot Samaraga favqulodda qo‘ndi

Samolet aviakompanii "Azimut" v aeroportu Tashkenta.
Samolet aviakompanii Azimut v aeroportu Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.10.2022
Obuna bo‘lish
Majburiy qo‘nish sababli parvoz kechiktirilmoqda.
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Azimut aviakompaniyasining Moskva-Urganch yo‘nalishida AZO-7059 reysini amalga oshirayotgan SSJ-100 samolyoti Samara shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bunga yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘lgan, deya xabar bermoqda Uzbekistan airports.
Jadvalga ko‘ra, samolyot Urganch xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 07:35 da qo‘nishi kerak edi.
Majburiy qo‘nish sababli parvoz kechiktirilmoqda. Xususuan, Urganch aeroportiga yetib kelish mahalliy vaqt bilan soat 10:15 ga belgilangan.
Urganchdan jo‘nash esa soat 11:00 da rejalashtirilmoqda.
Vnukovo aeroportiga yetib kelish Moskva vaqti bilan soat 13:00 ga rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0