Rossiya va Xitoy Tinch okeanida qo‘shma patrul o‘tkazmoqda - video

Obuna bo‘lish
Rossiya va Xitoy harbiy dengiz floti kuchlari Tinch okeani suvlarida birgalikda patrul o‘quv-mashqlari o‘tkazmoqda.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Rossiya harbiy-dengiz floti va Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuchlari kemalari Tinch okeani suvlarida qo‘shma patrul o‘tkazmoqda, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Bu ikki davlat harbiy-dengiz kuchlarining Tinch okeanida ikkinchi qo‘shma patrul mashqlaridir. Rossiya dengiz floti tomonidan "Marshal Shaposhnikov", "Rossiya Qahramoni Aldar Tsidenjapov" fregatlpri "Sovershenny" va "Gromkiy" korvetlari hamda o‘rta tanker "Pechenga" ishtirok etmoqda.
Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi tomonidan "Nian Chang" esminetsi, "Yang Chen" patrul kemasi va "Dong Pingxu" umumiy ta’minot kemasi bor.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Uzoq Sharq hududida 1-7 sentabr kunlari KXShT, ShHT davlatlari - jami 20ga yaqin davlatlar harbiylari ishtirokida keng ko‘lamldi "Vostok-2022" harbiy o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu mashg‘ulotlarda Yaponiya, Janubbiy Koreya va AQSh tomonidan tajovuzkorona harakatlarga qarshi kurash choralari mashq qilingan. "Vostok-2022" tarxda eng ko‘p harbiylar ishtirok etgan keng ko‘lamli harbiy o‘quv mashg‘ulotlar deb topilgan.
Yangiliklar lentasi
0