Rossiya va Xitoy Tinch okeanida qo‘shma mashg‘ulotlarni boshladi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishOtradi boyevix korabley RF i Kitaya vstretilis v Yaponskom more v xode ucheniy "Vostok-2022"
Otradi boyevix korabley RF i Kitaya vstretilis v Yaponskom more v xode ucheniy Vostok-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2022
Obuna bo‘lish
Patrulning vazifalari Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi dengiz hamkorligini mustahkamlash, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlashdir.
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Rossiya harbiy-dengiz floti va Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining kemalari Tinch okeanida qo‘shma patrul xizmatini o‘tkazmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Xalqaro harbiy hamkorlik dasturini amalga oshirish doirasida Rossiya harbiy-dengiz floti va Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi harbiy-dengiz kuchlarining harbiy kemalari Tinch okeanida ikkinchi qo‘shma patrul xizmatini o‘tkazmoqda”, deyiladi xabarda.
Rossiya va Xitoy ekipajlari qo‘shma taktik manevrlar va guruh kemalari o‘rtasida aloqalarni tashkil etishni ishlab chiqadi, amaliy artilleriya otishmalari bilan bir qator mashg‘ulotlarni o‘tkazadi va vertolotlarda parvozlarni ta’minlaydi.
Patrulning vazifalari Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi dengiz hamkorligini mustahkamlash, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida tinchlik va barqarorlikni saqlash, dengiz hududini kuzatish, shuningdek, ikki davlatning dengiz xo‘jaligi obyektlarini himoya qilishdir.
Rossiya harbiy-dengiz floti va Xitoy harbiy-dengiz kuchlari kemalarining birinchi qo‘shma patruli 2021-yil 17-23 oktabr kunlari o‘tkazilgan.
Yangiliklar lentasi
0